Rasmi, Surxi, Taamuli, tojiki

Rasmi, Surxi, Taamuli, tojiki — o’rtapishar xo’rakivinobop uzum navi. Sharqiy ekologik-geografik navlar guruhiga mansub. Tojikistonda va Surxondaryo viloyatida yetishtiriladi. Barglari o’rtacha, besh bo’lmali. Guli ikki jinsli. Shingili yirik, tig’iz. G’ujumi o’rtacha, dumaloq, och yashil, po’sti o’rtacha qalin, ancha qattiq, etdor, sersuv. Ta’mi yaxshi. Mevasi, kurtagi bo’rtgandan keyin 145-150 kunda faol harorat yig’indisi 3200-3350° bo’lganda to’la pishib etiladi. Hosildorligi 120-160 ts/ga. Novdalari yaxshi pishadi. Zamburug’ kasalliklari bilan kam zararlanadi. Yangiligida is’temol qilinadi. Ovqat ustida ichiladigan va shampan vinolarini tayyorlashda foydalaniladi.