RATSIONALIZM

RATSIONALIZM (lot. ratio – aql, aql-idrok) — aqlni bilishning va kishilar xulqatvorining asosi deb hisoblovchi falsafiy yo’nalish. Irratsionalizm va sensualizmga qarama-qarshi turadi. XVII-XVIII asrlardagi klassik Ratsionalizm (R.Dekart, B.Spinoza, N.Malbransh, G.Leybnits) o’rta asrlar sxolastikasi va diniy aqidalarga qarshi chiqib, butun dunyoda cheksiz sabablar silsilasi hukmron degan tabiiy tartibot g’oyasini ilgari surgan. Ratsionalizmga ko’ra, ilmiy (ya‘ni ob‘yektiv, umumiy, zaruriy) bilimga bilishning manbai va uning haqiqiyligi mezoni – aql vositasidagina erishiladi.