Ray, Rey, qadimgi Para

Ray, Rey, qadimgi Para— Erondagi qadimgi shahar. Tehrondan 8 kilometr shimoli Sharqda joylashgan. Ray nomi Avesto va Bihistun kitobalarida qayd etilgan. 7-asrda arablar bosib olgan. Tohiriylar, Somoniylar, Buvayhiylar davlatlari tarkibiga kirgan. 1027 yil Mahmud G’aznaviy egallagan. 1042-1194 yillarda Saljuqiylar davlati tarkibida. 10— 12-asrlarda Ray — Eronning eng yirik savdo-hunarmandchilik va madaniy markazlaridan biri bo’lib, ipak matolar va sopol qandillar ishlab chiqarish bilan mashhur bo’lgan. 1194-1220 yillarda Ray Xorazmshohdar davlati tarkibida; 12- asr oxiri va 13-asrlarda o’zaro diniy nizolar natijasida ancha jabr ko’rgan. 1220 yil mo’g’ullar tomonidan vayron qilingan. G’ozonxonnpng Ray arkini qayta tiklash yo’lida qilgan sa’y-harakati natija bermagan.