REGIONAL BOZOR
REGIONAL BOZOR – ma’lum hudud doirasida tovarlarni oldi-sotdi qilish munosabatlari. Regional bozor bir mamlakat doirasidagi mintaqalar o’rtasida yoki bir necha chegaradosh davlat o’rtasida ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi natijasidir. Ixtisoslashgan mamlakat yoki hududlar tovar ayirboshlab, bir-birining iqtisodiyotini to’ldiradi, ularning o’zaro bog’liqligi kuchayadi. Regional bozor bir necha, lekin ko’pchilik bo’lmagan davlatlar o’rtasidagi bozorni ham bildiradi. Masalan, Afrika, Shimoliy Afrika, Markaziy Afrika mamlakatlarining regional bozori.
O‘xshash so‘zlar
- Region
- REGION
- Regionallik
- REGIONAL MARKETING
- Regional geografiya
- Regional geografiya
- Regional metamorfizm
- Regional tabiiy geografiya





