Rekorder

Rekorder (inglizcha record— yozmoq) — 1) tovush to’lqinlarini elektr tebranishlariga aylantirib beradigan qurilma. Grammofon plastinkalariga tovush yozish apparatida ishlatiladi. Tovush yozib olishda Nina bosim ostida grammofon plastinkasida to’lqinsimon iz hosil qiladi. Rekorderning dinamik va mexanik turlari bor. Dinamik Rekorder keng tarqalgan. Uning asosiy texnik parametrlari: 50— 30000 Gts chastota diapazonida ishlaydi, nominal quvvati bir necha o’n Vt; 2) kema va qirg’oq gidrolokasiya stansiyalarida aks sado signallarini qog’ozga yozib olish uchun foydalaniladigan qurilma (indikator).