Rekuperator

Rekuperator (lotincha recuperator — qayta olinadigan) — gaz apparatlarida ish bajarib bo’lgan gazlar issiqligidan foydalaniladigan sirtqi issiqlik almashinuv apparati. Rekuperatorda issiqlik eltuvchi (gaz)ning issiqligi ajratish devori orqali isitiladigan muhitga uzluksiz uzatiladi. Rekuperatorning to’g’ri, teskari va aralash oqimli, yassi yoki tsilindrik sirtli (silliq yoki qovurg’ali), havoni, gazni, suyuqlikni isitkichlar, bug’latkichlar, kondensatorlar va boshqa xillari bor.