RELYATSIONIZM

RELYATSIONIZM (fr. relation – munosabat) — siyosiy hokimiyat talqinining yo’nalishlaridan biri bo’lib, unga ko’ra hokimiyat ikki sherik (agent)lar o’rtasidagi munosabatlar bo’lib, unda ulardan biri ikkinchisiga hal qiluvchi ta‘sir o’tkazib turadi. Bunday yondashuvga binoan, hokimiyat uning sub‘yekti va ob‘yektining o’zaro harakati bo’lib, unda sub‘yekt ma‘lum bir vositalar yordamida ob‘yektni nazorat etadi. Hokimiyatni butarzda tushunish uning tuzilmalarini ochibberishga, shuningdek, bu tuzilmalarning turli tavsiflarini bir butunlikda o’rganishga imkon beradi.