Reptiliyalar nima?

Reptiliyalar (sudralib yuruvchilar) — sovuq qonli mavjudot, aksariyatining terisi muguzsimon tangachalar bilan qoplangan. Ular o’pkasi yordamida nafas oladi, tana harorati o’zgarib turadi. Tuxum qo’yib ko’payadi. Reptiliyalarning to’rt turi bor: toshbaqalar (dengiz va quruqlikdagi), timsohlar, gatteriylar (tumshuqboshlar) va kaltakesak hamda ilonlar (tangachali). Sudraluvchilarning eng yirigi Janubiy Amerikada yashaydigan anakonda ilonidir. Uning o’rtacha uzunligi 7-8 metr, hatto 10 metr keladiganlari ham uchraydi. Timsoh eng ta’sirchan va «ko’rkam» reptiliyadir. U Afrika, Osiyo va Avstraliyada yashaydi. Reptiliyalarning ayrim turlari favqulodda zaharli va xavfli. Masalan, zaharli ilonlarni Yevropa janubidagi tog’u toshlarda ham uchratish mumkin. Rossiyadagi eng zaharli ilon kulrang gadyukadir, u chaqsa nobud qiladi. Zaharsiz suvilon dunyo bo’yicha keng tarqalgan bo’lib, uni gadyukadan ajratish oson, boshi tuxumsimon cho’zinchoqh (gadyukaniki uchburchaktob), terisining surati oddiy.