RESPUBLIKA (ARALASH TIPDAGI)

RESPUBLIKA (ARALASH TIPDAGI) (yarim prezidentlik; Fransiya, Portugaliya, Finlyandiya, Yevropadagi totalitar tuzumdan xalos bo’lgan yangi mamlakatlarning aksariyati) — bunda prezidentlik respublikasi bilan parlamentar respublika xususiyatlari qo’shilib ketadi. Ya‘ni, prezident umumxalq saylovlarida saylanib, yuridik va real keng vakolatlarga ega bo’ladi. Biroq hukumat parlament tomonidan tashkil etiladi va u nafaqat prezident oldida, balki parlament oldida ham siyosiy javobgar bo’ladi. Bunda prezident hukumatga umumiy rahbarlik qiladi, lekin uni bosh vazir boshqaradi. Prezident ma‘lum holatlar yuz berganda parlamentni tarqatib yuborish huquqiga ega.