REPREZENTATIV DEMOKRATIYA

REPREZENTATIV DEMOKRATIYA (fr. vakillik demokratiyasi) — xalq oldida ma‘sul va malakali vakolatli boshqaruv. U demokratiyaning elitar modellaridan biri sifatida qaralishi mumkin, negaki Reprezentativ demokratiya – xalq roziligi bilan amalga oshadigan elitar boshqaruvdir. Unga ko’ra demokratiyaning rivojlanishi ommaning boshqaruvda to’g’ridan-to’g’ri ishtirokini kengaytirish bilan emas, balki xalq nazoratidagi, samarali elitani tanlashning mukammal mexanizmini yaratish bilan bog’liq.