Retush
Retush (Fransuzcha retoucher — tasvirni tuzatmoq) — tasvir (rasm, fotosurat, naqsh va shu kabilar)ni qalam, tush, bo’yoq bilan tuzatish, yaxshilash. Retushchi rasm, fotosurat, negativning ayrim joylarini Ravshan ko’rinadigan qiladi, tuzatadi, dog’larini yo’qotadi. Shu maqsadda qayta chizadi, bo’yaydi, qirib tashlaydi. Retush, ayniqsa, poligrafiya texnikasida keng qo’llaniladi. Bosmaxona qoliplari tayyorlash uchun ishlatiladigan original, negativ va diapozitivlar Retush qilinadi.