Revanshizm
Revanshizm (Fransuzcha Revanche — to’lov, qasos olish) — urushda mag’lubiyatga uchragan agressiv doiralarning urushdan oldingi chegaralarni, xalqaro munosabatdagi tartiblarni qayta tiklash bahonasi bilan yangi urush tayyorlashga qaratilgan siyosati. Masalan, Revanshizm 20-asrning 30-yillarida yangi imperialistik urushga tayyorgarlik siyosatini niqoblash uchun fashistlar Germaniyasi tomonidan qo’llanilgan.
O‘xshash so‘zlar
- REVANSHIZM
- Reverberatsiya
- Revers
- Revershon
- Revgariy Xoja Orif
- Revmatizm
- Revmatologiya
- Revmokardit, revmatik kardit




