Revanshizm

Revanshizm (Fransuzcha Revanche — to’lov, qasos olish) — urushda mag’lubiyatga uchragan agressiv doiralarning urushdan oldingi chegaralarni, xalqaro munosabatdagi tartiblarni qayta tiklash bahonasi bilan yangi urush tayyorlashga qaratilgan siyosati. Masalan, Revanshizm 20-asrning 30-yillarida yangi imperialistik urushga tayyorgarlik siyosatini niqoblash uchun fashistlar Germaniyasi tomonidan qo’llanilgan.