Rigorizm

Rigorizm (lotincha rigor — qat’iylik, o’ta talabchanlik) — faoliyat, xulq-atvor va fikrda muayyan printsipga qat’iy amal qilish. U qandaydir kelishuvchilikka, dastlabki printsipdan farq qiluvchi boshqa printsiplarni hisobga olishga yo’l qo’ymaydi. Ko’pincha etik formalizmning o’ziga xos ifodasi hisoblanadi. Kantning etik Rigorizmi qat’iy axloqiy qonunni tan oladi va axlo1ush odam har qanday sharoitda bu qonunga rioya etishini talab qiladi. Uningcha, Xudo yoki insonni shunchaki sevib, ularga sajda qiladigan odamdan ko’ra qonunga astoydil bo’ysunuvchilar axloqli odam hisoblanadi. Shshtler Kant Rigorizmiga qarshi chiqqan.