RIM KLUBI

RIM KLUBI — xalqaro nodavlat futurologik tashkilot nomi. 1968-yilda yirik biznesmen va insonparvar, ―Olivetti shirkatining vitse-prezidenti Aurelli Pechchei tomonidan tashkil etilgan. Bu tashkilotning tug’ilishini 60-yillarda boshlangan insoniyatning uchinchi ming yillik bo’sag’asidagi istiqbollariga bag’ishlangan futurologik shovqin-suron bilan bog’lash mumkin. Bu sohadagi dastlabki izlanishlarga asos solgan, sistemali dinamika uslubi negizida jahon rivojlanish modelini ishlab chiqqan olim D. Forresterdir.