Risberma

Risberma (gollandcha rijs — chiviq va berm — do’ng) — kanal yoki daryo o’zanining suv ayirgichdan keying mustahkamlangan suv o’tkazadigan qismi. Bevosita suv o’zanini yuvilib ketishdan asraydi, kuchli suv oqimini kuchsizlantiradi, uning tezligini pasaytiradi va bir maromda tutib turadi. Risbermaning suv ayirgichga taqalib turadigan qismi beton va temirbeton plitalardan qilinib, egiluvchan armatura bilan biriktiriladi, shuningdek, ichiga shag’al to’ldirilgan sim to’rlardan ham qilinadi. Risbermaning orqa qismi gabion, shox-shabba, tosh uyumi va boshqa vositalar bilan mahkamlanadi.