Rishta
Rishta (Dracunculus medinensis) — to’garak chuvalchanglar (nematodalar) sinfiga mansub chuvalchang. Asosan, sut emizuvchilar terisi ostida parazitlik qiladi, drakunkulyoz kasalligiga sabab bo’ladi. Tirik lichinkalar tug’ib ko’payadi. Rishta tropik va subtropik mamlakatlarda tarqalgan; O’rta Osiyoda ba’zan yovvoyi yirtqich hayvonlarda uchrab turadi.
O‘xshash so‘zlar
- Rishod
- Rishton
- Rishton tumani
- Rishton svitasi
- Rishe (Richet) Sharl
- Rish Mark Arnoldovich
- Rishton neft-gaz koni
- Rishele (Richelien) Arman Jan dyu Plessi


