RIVOJLANISH

RIVOJLANISH (siyosiy rivojlanish) — jamiyat siyosiy hayotidagi o’zgarishlar va jarayonlar birligi, u siyosiy hayot, siyosiy munosabatlarning takomillashuvi, murakkablashuvini anglatadi. U 1) sifat va miqdor o’zgarishlari to’planib borishi jarayoni doimiyligini; 2) o’zgarishlar yo’nalganligi; 3) o’zgarishlar to’planib borishi jarayoni qonuniyligi kabi belgilarga ega.