Rizosfera

Rizosfera (Yunoncha rhiza — ildiz va sfera) — o’simlik ildizlarini bevosita o’rab turadigan tuproq qatlami. Tuproqning boshqa qatlamlariga qaraganda Rizosfera mikroorganizmlarga boy bo’lganidan, unda tuproq jarayonlari kuchliroq kechadi. Rizosfera mikroflorasinng tarkibi tuproq tipi, ekologik sharoitlar va o’simlik yoshiga bog’liq. O’simliklar ildizlari orqali Rizosferaga turli moddalar (qand, organik kislotalar, alkaloidlar, fitontsidlar) chiqadi va bu ajratmalar Rizosfera mikroorganizmlari uchun ozuqa bo’ladi, tuproq nordonligini o’zgartiradi va boshqalar.