Rogoviklar

Rogoviklar — 1) zich, mayda donali tog’ jinsi, o’ziga singdirgan jinsga intruziyaning ta’siri natijasida vujudga keladi. Metamorfizmga uchragan dastlabki jinslar tarkibiga ko’ra farq qiladi. Gilli jinslar tarkibida kordierit, andaluzit, sillimanit, granat, biotit, dala shpati bo’lgan Rogoviklarga; bazaltlar va ularning tuflari, grauvvakkilar — piroksenli, asosiy plagioklazli, shox aldamchi Rogoviklarga; mergellar vollastonitli, olivinli, shpinelli, karbonatli Rogoviklarga aylanadi. Karbonat miqdorining ortib borishi bilan Rogoviklar kontaktli marmarta aylanadi; 2) gid va temir gidrooksillari aralashgan, karbonatli va gilli qatlamlarda konkretsiya va qatlamchalar hosil qilgan kremniyli jinslar (kremniy, yashma, menilitlar); ko’pincha tarkibida karbonatlar va organik qoldiqlar bo’ladi.