Roziqov Bahodir Roziqovich

Roziqov Bahodir Roziqovich (1941.25.1, Zomin tumani — 2002.14.12, Mirzaobod tumani) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (1995). Toshkent pedagogika institutini tugatgan (1964). 1964 yildan Mirzaobod tumanidagi 21-maktabda ona tili va adabiyot o’qituvchisi, o’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari, 1969 yildan direktor. U rahbarlik qilgan maktab 1995 yil «Yil maktabi» Respublika ko’rik tanlovida 1o’rinni egallagan, 1999 yil YUNESKO ning maxsus grantiga sazovor bo’lgan. Roziqov bir qancha tarixiy ocherk, risola hamda she’riy to’plamlar muallifi.