Shtark Yoxannes
Shtark Yoxannes (1874.15.4, Shakkenxof — 1957.21.6, Traunshteyn) — nemis fizigi. Gannover oliy maktabi (1909 yildan) va Axele professor (1920 yildan), Greyfsvald universiteti (1917) va Vyursburg universiteti professor (1920). Berlin Fizika-texnika ilmiy tadqiqot instituti prezidenti (1933-39), nemis ilmiy jamiyati prezidenti (1934-36). 1919 yilda kanal nurlari (erkin harakatlanayotgan musbat ionlar dastasi) va Dopler effektini va elektr maydonda spektral chiziqlarning ajralishini kashf qilgan, gazlarni razryadlash bo’yicha tekshirgan. Yorug’likning bir jinsli bo’lmagan elektr maydondan o’tayotganda og’ishini aniqlagan. Nobel mukofoti laureati (1919).