Sho’rlanish, tuproq sho’rlanishi

Sho’rlanish, tuproq sho’rlanishi — suvda eriydigan mineral tuzlarning tuproqsa to’planish jarayoni. Sho’rlanish, asosan, cho’l va chala cho’llardagi pasttekisliklar hamda er osti suvlari oqib chiqmaydigan botiqlarga xos. Sho’rlanish birlamchi va ikkilamchi bo’lishi mumkin. Birlamchi Sho’rlanish — sho’r (minerallashgan) sizot suvlarining bug’lanishi, tuproq hosil qiluvchi ona jinslar tarkibidagi tuzlarning erishi yoki suv havzalari atrofidagi tuzli to’zonlarning shamol ta’sirida uchishi (eol omil), o’simliklar vositasida tuzlarning biologik to’planishi. Ikkilamchi Sho’rlanish tuproqda suv rejimining buzilishi, ya’ni noto’g’ri sug’orish natijasida birlamchi Sho’rlanishda yuz bergan joylarda sodir bo’ladi. Ikkilamchi Sho’rlanishning mavsumiy, dog’li va yoppasiga yuz berishi mumkin bo’lgan xillari bor. Mavsumiy Sho’rlanish tuzning tuproqda qishloq xo’jalik ekinlarining vegetatsiya davrida to’planishi. Bu, asosan, yoz oylarida sug’orish natijasida sathi ko’tarilgan grunt suvlari bug’lanishining kuchayishi tufayli yuz beradi. Mavsumiy Sho’rlanishga qarshi tuproqda kuzgi-qishki sho’r yuvish ishlari o’tkaziladi. Dog’li Sho’rlanish maydondagi yaxshi yuvilmay qolgan va grunt suvlari kuchli bug’lanadigan joylarda sodir bo’ladi. Yoppasiga Sho’rlanish kuchli minerallashgan grunt suvlar sathi yer yuzasiga yaqin bo’lgan joylarda ro’y berib, sug’oriladigan maydon yuzasining hamma qismini egallaydi. Sho’rlanishda ko’pincha sulfat, xlorid va karbonat kislota tuzlari, ayrim hollardagina cho’llarda nitrat kislotaning natriyli va kaliyli tuzlari to’planadi. Bu turlarning ko’pchiligi o’simliklar uchun juda zararli. Xlorid va sulfat kislota tuzlarining miqdori tuproqda 0,1% bo’lgandayoq o’simlik zaharlana boshlaydi, 0,3%-0,5% ga et- ganda nobud bo’ladi. Xlorid kislotaning barcha tuzlari: osh tuzi (As1), magniy xlorid (M§S12) va kaltsiy xlorid (SaS12) o’ta zaharli. Xlorid kislota tuzlarining xavfli ta’siri yana shundaki, ular o’simlik to’qimalari devorini yemiradi va natijada o’simlik organizmida kechayotgan butun fiziologik jarayonlar buziladi, o’simlik nobud bo’ladi. Bu tuzlar tuproq eritmasining osmotik bosimini oshirib, fiziologik «quruqlik»ni vujudga keltiradi, bunday sharoitda o’simliklar xuddi quruq tuproqdagidek o’ziga zarur suv va oziq moddalarni shima olmaydi. Sho’rlanishning asosiy sababi yer yuzasiga yaqin minerallashgan grunt suvlar sathining ko’tarilib, bug’lanishidir. Bunda tuzlar tuproqning yuqori qatlamlari va yuzasida asta-sekin to’plana boradi. Mana shu jarayonlar kechadigan va kuchli bug’lanish boshlanadigan grunt suv sathi kritik chuqurlik deyiladi. Sho’rlanishni to’xtatish uchun grunt suvlar balandligini shu nuqtadan, ya’ni kritik chuqurlikdan drenaj yordamida doimo pasaytirib turish kerak. Tuzlarning kimyoviy tarkibi (Sho’rlanish tipi) ga ko’ra sodali, sodasulfatli, sulfatli, sulfatxloridli, xloridsulfatli, xloridli va boshqalar Sho’rlanishlar bo’ladi. Ikkilamchi (qaytalangan) Sho’rlanish odam faoliyati ta’sirida vujudga keladi. Shuning uchun uni ba’zan antropogen Sho’rlanish ham deyiladi. Sugorish ta’sirida grunt suvlarining ko’payishi bilan sarflanishi o’rtasidagi muvozanat buziladi. Sug’orishga beriladigan suvning tuproqqa ko’p miqdorda sizib ketishi (filtratsiyalanishi) natijasida tuproqda grunt suvlar zaxirasi keskin ko’payadn va sathi ko’tarilib, Sho’rlanishga sharoit yaratiladi. Agar funt suvlar sathi kritik chuqurlikdan past bo’lsa, u holda sug’orish ikkilamchi Sho’rlanishni vujudga keltirmaydi. Qayta Sho’rlanish, odatda, grunt yer osti suvlar yer osti oqimi yomon yoki umuman oqmaydigan maydonlardagi tuproqlarda sodir bo’ladi. Bunday gidrogeologik sharoit Mirzacho’l, Qarshi cho’li, Markaziy Farg’ona, quyi Amudaryo va boshqalar joylarga xos. Bu hududlarda grunt suvlar sathini pasay- tirish, ya’ni drenajlar qurish shart. Ad.: Rasulov A.M., Pochvm Karshin- skoy stepi, puti IX osvoeniya, T., 1976; Zasolyonnne pochvn Uzbekistana i voprosi IX osvoeniya i meliorasiya: (SB. statey), T., 1979; Abduganiev A.A., Problemn povnsheniya ekonomicheskoy effektivnosti ispolzovaniya zasolyonnmx oroshaemmx zemel v Uzbskistane, T., 1980. Xushvaqt Namozov.