Sho’rlangan tuproqlar

Sho’rlangan tuproqlar – tarkibida suvda oson eriydigan zararli tuzlar 0,1% yoki suvli so’rimdagi quruq qoldiq miqdori 0,25% (0,3%) dan ko’p bo’lgan tuproqlar. Sho’rlangan tuproqlar, asosan, quruq iqlimli mamlakatlar (Pokiston, Hindiston, Xitoy, AQSh, O’rta Osiyo, Janubiy Amerika, Afrika, Avstraliya va boshqalar)da kattakatta maydonlarda, shuningdek, sho’rlanmagan tuproqlar orasida esa, kichikroq massivlarda dog’ qo’rinishida tarqalgan. O’rta Osiyo, Janubiy Qozog’istondagi sug’oriladigan maydonlarning yarmidan ortig’i, o’zlashtiriladigan yerlarning 75— 80%ga yaqini turli darajada sho’rlangan. Tuproqning sho’rlanganlik darajasi zararli tuzlarning umumiy miqdoriga ko’ra (gips, miqdori olib tashlangan holda) belgilanadi. Shu belgiga asosan, Sho’rlangan tuproqlar kuchsiz (zararli tuzlar miqdori 0,1—0,2%), o’rtacha (0,2—0,4%), kuchli (0,4—0,8%), juda kuchli sho’rlangan (sho’rxoklar; 0,8% dan ko’p) xillarga bo’linadi. Tabiiy Sho’rlangan tuproqlar kimyoviy tarkibi (sho’rlanish tipi)ga ko’ra xloridli, sulfatxloridli, xloridsulfatli, sulfatli, sodasulfatli, sulfatsodali, xloridsodali, sodali, sulfat yoki xloridgidrokarbonatli (ishqoriy yer elementlari) sho’rlangan yerlarga bo’linadi. Tuproq sho’rlanishining salbiy oqibatlari oldini olish uchun sug’orish rejimini to’g’ri ta’minlash, kuchli sho’rlangan tuproqlarni katta normalarda yuvish, sho’rlanish jarayoni yo’nalishini tubdan o’zgartirish uchun drenajlar yordamida grunt suvlarning sun’iy oqimini vujudga keltirish zarar.