«Qishloq hayoti»
«Qishloq hayoti» — ommaviy ijtimoiy-iqtisodiy gazeta. 1974 yil 1 yanvardan «qishloq haqiqati» (1974-89 yillarda ruschaga o’girilib «Selskaya Pravda») nomi bilan o’zbek va rus tillarida chop etilgan. 1993 yildan hozirgi nomda. Toshkent shahrida nashr etiladi. Respublika qishloklarining ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayoti, agrar siyosat, qishloqlarda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar, jahonda agrar sohadagi fan-texnika yutuqlari, dehqon va fermer ho’jaliklarining hayoti, muammolari, urug’chilik va selektsiya, dehqonchilik, chorvachilik masalalari yoritiladi. Tahririyatining «Nigoh», «tahlil», «buni hayot deydilar», «qishloqsagi duv-duv gap», «bunga nima deysiz», «hangoma», «gurung» va boshqa rukunlari ommabopligi bilan ajralib turadi. 1999 yildan bosh muharrir O’tkir Rahmat. Adadi 18-25 ming nusxa.
O‘xshash so‘zlar
- «Qizil qalam»
- «Qizjibek»
- «Qizlar sayli»
- «Qo’blon»
- «Qo’qon superfosfat zavodi» aktsiyadorlik jamiyati
- «Qo’qon yog’-moy» aktsiyadorlik jamiyati
- «Qo’qonspirt» davlat-aktsiyadorlik jamiyati
- «Qo’shchinor»






