Rudniy

Rudniy — Qozog’iston Respublikasi Qo’stanay viloyatidagi shahar. Tobol daryosi (ob havzasi) chap sohilida. Temir yo’l stantsiyasi (Jelezorudnaya). Qo’stanaydan 50 kilometr Janubiy g’arbda joylashgan. Aholisi 109,5 ming kishi (1999; 1975 yil 107 ming kishi, 1959 yil, 33 ming kishi). 1957 yilda temir ruda koni ishga tushirilishi va Sokolovsk-Sarbaysk kon boyitish kombinatining ishga tushirilishi munosabati bilan vujudga kelgan. Kimyo tolasi zavodi, oziq-ovqat sanoati korxonalari, industrial instituti bor.