Rukniddin Samarqandiy
Rukniddin Samarqandiy, Abu Homid Muhammad al-Amidiy (? — 1218.15.9, Buxoro) — faylasuf olim, diniy arbob. Bir necha vaqt Hindistonga ketib Sulton Alouddin Mardon I (hukmronlik davri 1208— 1211) huzurida Bengaliyaning poytaxti Lahnati G’avrda qozilik qilgan. Umrining keyingi qismi Buxoroda o’tgan. Rukniddin Samarqandiy dialektika sohasida bir qancha asarlar yozgan. Uning Arab tilida yozilgan «irshod Fi ilm alxilof valjadal» («ixtilof va dialektika uchun qo’llanma»), «annafois filjadal» («dialektika haqida nafis fikrlar») asarlari Sharqld mashhur bo’lgan. Hoji xalifaning yozishicha, Rukniddin Samarqandiy dialektika bo’yicha birinchi bo’lib asar yozgan olim hisoblanib, Sharqda uning kitoblariga ko’plab sharhlar bitilgan. Ad.: Abdullaev I., Hikmatullaev H., Samarqandlik olimlar, T., 1969.