Ruzvelt (Roosevelt) Franklin Delano
Ruzvelt (Roosevelt) Franklin Delano (1882.30.1, Xaydpark, Nyu-York shtati — 1945.12.4, Uorlsprings, jorjiya shtati) — AQShning 32-prezidenti (1933-45). Demokratlar partiyasidan (4 marta prezidentlikka saylangan). Garvard va Kolumbiya untlarini tugatgan. Nyu-York shtati gubernatori (1928 yldan), huquqshunos. Ruzvelt ijtimoiy sohada mehnatkash omma manfaatini ko’zlab bir necha islohotlar o’tkazgan («yangi kurs»). 2-jahon urushi boshlangach, fashistlar Germaniyasiga qarshi bo’lgan Buyuk Britaniya, Frantsiya va SSSR ni qo’llab-quvvatlash (1941 yil iyundan) tarafdori, gitlerchilarga qarshi koalitsiyani tuzishda muhim xissa qo’shgan. BMTni tuzishga va urushdan keying xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga katta ahamiyat bergan.
O‘xshash so‘zlar
- Ruzvelt (Roosevelt) Teodor
- Ryabichev Dmitriy Borisovich
- Ryabina
- Ryazan
- Ryazan viloyati
- Ryukyu, Nansey
- Ryuytel Arnold Fyodorovich


