RUMINIYA AKADEMIYASI

RUMINIYA AKADEMIYASI — Ruminiyaning oliy ilmiy muassasasi. 1948 yil Buxarest shahrida tashkil topgan. O’tmishdoshi 1866 yilda tashkil etilgan Ruminiya akademiyasidir. Turli fan sohalari bo’yicha bir nechta bo’limi, 100 ga yaqin a’zosi, 20 dan ortiq ilmiy tadqiqot instituti va ilmiy markazi, kutubxonasi mavjud. Ilmiy jurnallar nashr etadi.