Rundi

Rundi (o’zlarini barundi deb atashadi) — bantu xalqlari guruhiga mansub xalq; Burundining asosiy aholisi (4,5 million kishi), shuningdek, Kongo, Uganda va Ruandada ham yashaydi. Umumiy soni 8 million kishi (1990-yillar o’rtalari). Dindorlarining bir qismi an’anaviy e’tiqodlarni saqlab qolgan, qolgani — xristianlar (asosan, katoliklar).