Rustam

Rustam — O’rta Sharq xalqlari og’zaki va yozma adabiyotidagi an’anaviy obraz; mardlik, paxlavonlik haqidagi mifologik tushuncha va epik idealning ramziy ifodasi. Bu obraz fors afsonalari va «Shohnoma»da Eron himoyachisi sifatida naql etilsa, turkiy xalqlar eposi va afsonalarida Afrosiyobning bobosi — turning avlodajdodidan deb ta’riflanadi va u Turonni chet el bosqinchilaridan himoya qiladi. Rustam obrazida to’g’rilik, mehribonlik, adolatparvarlik hamda soddadillik kabi axloq me’yorlari mujassamlashgan.