Ruminlar

Ruminlar (o’zlarini — romanlar deb atashadi; lotincha romanus — «Rimlik» dan) — xalq, Ruminiyaning asosiy aholisi (20,55 million kishi). Umumiy soni 21 million kishi (1990-yillar o’rtalari), jumladan, Rossiya Federatsiyasida 6 mingga yaqin kishi. Rumin tilida so’zlashadi. Dindorlari — asosan, pravoslavlar. Rumin xalqining shakllanishida sobiq Qadimgi Rim imperiyasining provintsiyalari (viloyatlari) Dakiya va Myoziyada yashagan va Rim hukmronligi davrida (106-271 yillar) romanlashgan kabilalar (Dakiyaliklar, getlar va boshqalar), shuningdek, romanlashmagan erkin dakiyaliklar va 6-asrdan slavyanlar qatnashganlar. 10-asrdan Vizantiya, slavyan, so’ngra Venger tarixiy manbalarida Ruminlar «vlaxlar», «voloxlar» nomi bilan qayd etilgan. 1862 yil yagona Ruminiya davlati barpo etilgan. Axrlisining asosiy qismi qishloq xo’jalik va sanoat korxonalarida band.