Rupiya
Rupiya -1) Hindiston Respublikasi pul birligi. 16-asrdan boshlab muomalaga kiritilgan. 1 Rupiya = 100 paysa. Xalqaro ifodasi 1NR. Xalqaro valyutalar kursi bo’yicha 1 AQSh dollari = 46,89 Rupiya (2003, may); 2) Pokiston Respublikasining pul birligi. 1948 yildan muomalaga kiritilgan. 1 Rupiya =100 paysa. Xalqaro ifodasi PKR. 3) Indoneziya pul birligi. 1950 yildan muomalaga kiritilgan. 1 Rupiya = 100 sen. Xalqaro ifodasi IDR.