Rus tilida so’zlar ko’pmi?

Eng avvalo, biz «rus tili» degan so’zlar zamiridagi ma’noni qanday tushunishimiz xususida kelishib olishimiz lozim. Agar biz faqat adabiy til haqida so’z yuritadigan bo’lsak, unda eng yirik lug’atda 200 000 ga yaqin so’zlar jamlangan bo’lib, ular, olimlarning fikricha, rus adabiy tili lug’at fondini tarkib toptiradi. Ammo biz umuman rus tili haqida so’zlaydigan bo’lsak, unga adabiysidan tashqari jonli, so’zlashuv tillari ham kiradiki, unda rus tilining lug’at fondi ancha katta miqdorda ekanligi ma’lum bo’ladi, chunki unga 200 000 ga yaqin sheva so’zlari va 100 000 ga yaqin jargon, ilmiy va eskirgan so’zlar ham kiradi. Shunday qilib, bizning ixtiyorimizda endilikda taxminan yarim millionga yaqin so’zlar borligi ma’lum bo’ladi. Bu raqam ming yil davomida rus tilining faol lug’ati taxminan 25 barobar oshganini, ya’ni har yili 1000 ga yaqin so’zlar paydo bo’lganini ko’rsatadi. Birinchi bosma lug’atda — Lavrentiy Zizaniyaning 1596 yilda tartib berilgan «leksika»sida bor-yo’g’i 1601 so’z, boshqa lug’atda — Pamva Beriada 1627 yilda tartib bergan «Leksikon» da endilikda 7000 ga yaqin so’z bor edi. Bu raqamlar zamondoshlarga g’alatidek tuyuladi. Ammo bu narsa rus kishisi lug’at zaxirasining vaqt o’tishi bilan naqadar shiddatli ortib borganini ko’rsatar edi, xolos.