Ruzvelt (Roosevelt) Teodor

Ruzvelt (Roosevelt) Teodor (1858.27.10, Nyu-York — 1919.6.1, Sagamorxill, Oysterbey, Nyu-York shtati) — AQShning 26-prezidenti (1901-09); Respublikachilar partiyasidan. Lotin Amerikasiga nisbatan bosqinchilik siyosati olib borgan («katta to’qmoq» siyosati, 1906-09 yillarda Kubani okkupatsiya qilinishi, Panama kanali zonasining egallab olinishi va boshqalar). 1904-05 yillardagi rus-yapon urushi davrida Ruzvelt hukumati Yaponiyani qo’llab-quvvatlagan. Portsmut sulhini imzolanishidagi xizmatlari tufayli xalqaro Nobel tinchlik mukofotini olgan (1906).