Salavkiylar davlati

Salavkiylar davlati-Yaqin va O’rta Sharqdagi yirik davlat. Aleksandr Makedonskiy tuzgan imperiya tanazzulga uchragach, uning lashkarboshilaridan bo’lgan Bobil satrapiyasining diodoxi Salavk I Nikotor asos solgan. Salavk Midiya, Suziana, Persiyani, keyinchalik Baqtriyani bosib olgan. Miloddan avvalgi III asrda O’rta Osiyoda mustaqillik uchun kurash boshlanib, uning natijasida Grek-Baqtriya podsholigi va Parfiya davlati tuzildi.