Salor
Salor — Toshkent viloyati Qibray tumanidagi shaharcha (1978 y.dan). Tu- Manning shim.g’arbida joylashgan. Mayd. 1600 ga. Aholisi 26 ming kishidan ziyod (2004). S.da 18 sanoat korxonasi bor, shuningdek, turli mahsulot beruvchi 151 kichik va o’rta korxonalar ham mav- jud. Bulardan: «O’zenergiyata’minot», «O’zenergiyata’mir», avtotransport bir- lashmasi, Sharqiy issiqlik izolyasiyasi, Toshkent issiklik elektrostantsiyasi, «Rohat» aktsiyadorlik jamiyati, tosh- kent konserva k-ti, limonchilik shir- kati, selektsiya tajriba xo’jaliklari, «Buyuk Turon» xususiy korxonasi, Yalang’och g’isht z-Di, engil, qurilish sa- noati korxonalari ishlab turibdi. «Se- Roko» O’zbekiston— Koreya, «SMAK» O’zbekiston—Rossiya va «imkon plyus» O’zbekiston — Germaniya qo’shma korxo- nalari faoliyat ko’rsatadi. 45 savdo, 40 maishiy xizmat ko’rsatish shoxobchasi mavjud. 5 umumiy ta’lim maktabi, 2 kasb-hunar kolleji, 2 akademik lisey, Toshkent agrar un-ti, O’zbekiston g’o’za selektsiyasi va urug’chilik, o’simliklarni himoya qilish i.t. intlari, 3 kutubxona, 3 stadion, 1 tennis korti bor. Respu- blika bolalar ortopediya, poliemielit, Toshkent pediatriya in-ti klinik kasal- xonalari, viloyat narkologiya markazi, sil kasalliklari kasalxonasi: 2hududiy poliklinika, 2 qishloq vrachlik ambula- toriyasi bor. S. hududidan Toshkent—may qishlog’i, Toshkent—Chirchiq avtomagi- stralari, Xo’jakent t.y. o’tadi.