Stanovoy tizmasi
Stanovoy tizmasi – Sharqiy Sibirdagi tog’lar. Olyokma daryosining o’rta oqimidan boshlanadi va uchur da- ryosi (Aldan havzasi)ning boshigacha cho’zilib boradi. Uz. 700 km, eni 100— 180 km, o’rtacha bal. 1500 m, eng baland joyi 2412 m (kasta Toko kulidan Jan. g’arbda), shim. va Jan. tizmalardan ibo- rat. Gumbazsimon baland qismlarida qoyali cho’qqilar uchraydi. St. Shimoliy Muz okeani va tinch okeanga kuyiladigan daryolar o’rtasidagi suvayirgichdir. Aso- san, kristalli slanes va gneyslardan tu- zilgan. 1300 m gacha balandlikda tilog’och va qarag’ay o’rmonlari o’sadi, balandrok- da (1650-2700 m) er bag’irlab o’sadigan kedr, qayin, zirk changalzorlari uchray- Di. Baland qismlarida tog tundrasi joylashgan. Oltin, toshko’mir, slyuda konlari bor.