Salvini Tommazo

Salvini Tommazo (1829.1.1, Milan — 1915.31.12, Florentsiya) — italyan aktyori. 19-asr san’atining yirik namoyandasi. 1843 yildan G. Moden rahbarligidagi truppada ishlagan, 1848 yil milliy ozodlik kurashida qatnashgani sababli 2 marta qamoqqa olingan. 60-yillardan o’zi tashkil etgan truppaga rahbarlik qilgan. 1869 yildan doimiy gastrollarda (Yevropa, Janubiy va shimoliy Amerika, Rossiya va boshqalar) bo’lgan. U, asosan, Shekspir dramalaridagi qahramonlar (Hamlet, Makbet, Lir va boshqalar) obrazi bilan shuhrat qozongan.