Samoa, Samoa tili

Samoa, Samoa tili — polinez tillaridan biri. G’arbiy Samoaning rasmiy tili (ingliz tili bilan birga); Sharqiy Samoada rasmiy maqomga ega bo’lmasada, unda davriy matbuot nashr etiladi, radioeshittirish va teleko’rsatuvlar olib boriladi. Unda 240 mingdan ortiq kishi so’zlashadi. Bilinar-bilinmas dialektal tafovutlari bor. Fonetikasida undoshlar tizimining 2 turi: adabiy va so’zlashuv turlari farqlanadi. Leksika sohasida bir qator predmetlar, harakatholat va tana qismlari oddiy va «hurmatli» nomlarga ega. Yozuvi 1834 yilda missionerlar tomonidan lotin grafikasi asosida ishlab chiqilgan.