SANTO-DOMINGO
SANTO-DOMINGO (193661 y.larda Syudadtruxilo) — Dominika- na Respublikasi poytaxti. Gaiti o.ning Jan.Sharqiy qismida, Karib dengizi sohilida joylashgan. Ikdimi tropik, passatli iqlim. O’rtacha oylik tralar 25-27°. Yillik yog’in 1500 mm. Aholisi 1,6 mln. kishi (1990y.lar o’rtalari). Mamlakatning asosiy porti; chetga shakarqand, ko’nteri, qimmatbaho yog’och chiqariladi. 3 yirik shosse yo’llari tu- guni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Oziqovqat to’qimachilik, ko’npoyabzal, yog’ochsozlik, tsement sanoati korxonalari bor. Xalqaro kurort va turizm marka- zi. S. — evropaliklar tomonidan asos solingan G’arbiy yarim shardagi qad. shaharlardan. Shahar X. Kolumbnkng uka- si B. Kolumb tomonidan kurila boshlagan va yangi Izabella deb nomlangan. 1844 y.dan Dominikana Respublikasi poytax- ti. 1916-24 y.larda AQSh qo’shinlari okkupasiya qilib turgan. 1930 y.da S.D. kuchli dovul natijasida vayron bo’lgan. 1936 y.gacha qayta tiklangan. Me’moriy yodgorliklaridan minora, qasrsaroy, X. Kolumb dafn qilingan sobor, Mona- stirlar va h.k. saqlangan. S.D.da mux- tor un-t, milliy un-t, konservatoriya, Musiqa akademiyasi, milliy muzey, na- fis san’at maktabi va galereyasi, teatr, mehmonxonalar bor.