Sapropelitlar, sapropel ko’mirlar
Sapropelitlar, sapropel ko’mirlar (Yun, sapros — chirigan va pelos — balchiq loy) — qazib olinadigan ko’mirlar guruhi. Tuban o’simlik va sod- da mikroorganizmlar qoldiqparining ko’l suvi va lagunalar tubiga cho’kib to’planishidan hosil bo’ladi. Rangi qo’ng’ir, qo’ng’irkulrang, qora. S. tarkibi- dagi sapropel mikrokomponentlar (al- ginit) va gumus mikrokomponentlar (VI- trinit, fyuzinit, leyptinit)ning o’zaro miqdoriy nisbatiga ko’ra, xususiy S. (bogxed), gumit S. (kennelbogxed, ken- nelkasyanit, cheremxit), S.gumit (ken- nel, kasyanit) sinflariga bo’linadi. S.da uchuvchan moddalar (60-90%), bir- lamchi qatron (50% dan ortiq), vodorod (7-12%) miqdori gumolitlardagiga nisbatan ko’p. Qimmatli kimyoviy xom ashyo hisoblanadi, undan suyuq yonilg’i olinadi. Moskva yoni, Irkutsk (Rossiya) va Rur (Germaniya) kumir xavzalarida S. mavjud. Zaxiralari kam bo’lganligi va ko’mirning boshqa turlaridan (ko’pincha qo’ng’ir kumirdan) ajratib qazib olish qiyin bo’lganligi tufayli sanoat mikyo- sida qazib chiqarilmaydi.