Sapsan

Sapsan (Falco perdrinus) — yirtqich qushlar turkumining lochinsi- monlar oilasiga mansub qush. Elkasi, boshi to’q qoramtir, tanasining ostki qismi oq. Uz. 35-50 sm, vazni 500— 1500 g. Hamma materiklarda tarqalgan. O’zbekistonda qushlar uchib o’tish davri- da va qishlab qolganda uchraydi. Uyasini qoyalarga, qarg’alarning eski uyalariga quradi. 3-4 ta tuxum qo’yib, urg’ochisi 30 kunga yaqin bosadi. Bolalari 35— 40 kunda uchirma bo’ladi. Asosan, qushlar (kaptar, balchiqchi, o’rdak, Baliqchi, qarg’a, chug’urchuq, to’rg’ay va b.)ni ovlaydi. Aero- port, bog’va uzumzorlarni qushlardan qo’riqlashda foydalaniladi. 20-a. o’rtalarida soni kamayib ketganligi tu- fayli AQSh, Kanada, Germaniya, Shvesiya va b. mamlakatlarda S.ni tutqinlikda kupaytirish yo’lga quyildi. Tabiatda kamyob tur maqomi b-n O’zbekiston Respu- blikasi Kizil kitobiga va «yuq bo’lib ketish xavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlarining xalqaro savdosi to’g’risida»gi Konventsiya (CITES)hhhf II ilovasiga kiritilgan (yana q. Lochin).