Sattorova Maryamoy Saidovna

Sattorova Maryamoy Saidovna (1964.14.5, Shahrisabz) — xonan- da, O’zbekiston xalq artisti (2000). Musiqadan ilk saboqni E. Boymurodov- dan olgan. Toshkent konservatoriyasi- ni an’anaviy xonandalik ixtisosligi bo’yicha (F. Mamadaliev sinfida) tugat- gan (1990). O’zbek davlat filarmoniyasi (1988-2000), «O’zbeknavo» birlashma-sida (2000 y.dan) yakka xonanda. Diapazo- ni va nafasi keng, kuchli va yorqin ovoz sohibasi. Repertuaridan o’zbek mumtoz ashula yo’llari («Chorgoh», «Feruz», «Samarqand ushshog’i», «Suvora», «sa- raxbori Dugoh» kabi), 20-a. bastakor («Munojot», I. Ikromov; «Soginur- man», «yor o’lmasin», F. Mamadaliev; «Tengi yo’q», o. Hotamov va b.) va kompo- zitorlar («Ayriliq», D. Omonullaeva va b.) asarlari o’rin ol- gan. S. ijro etgan ashulalar 2 ta gramm- plastinka (1983, 1984) va 3 ta kompakt disk (1996, 2003)ga yozilgan. Uning ijo- diga bag’ishlab O’zbekiston televideni- esi tomonidan 2 ta telefilm suratga olingan (1997, 2000). Evropa mamlakat- larida gastrolda bo’lgan.