Savdo Abdulqodirxo’ja

Savdo Abdulqodirxo’ja (1824 — Buxoro — 1873) — shoir va adib, jamoat arbobi. Bobosi Buxoro qozikaloni bo’lgan. Buxoro madrasalarida tahsil olgan. Musiqa ilmi, ilmi nujum va astronomiyani chuqur o’rgangan. Amir Muzaffar uni saroyga tortib, o’ziga nadim (hamsuhbat) qilib olgan. Savdo «Bepul» taxallusi bilan o’zbek va tojik tillarida ijod qilgan. Uning 1450 bayt she’rlari (g’azallar, masnaviylar, qasidalar va boshqalar) bizgacha yetib kelgan. Shuningdek, nasrda yozgan 7 hikoyati ham mavjud. Savdo Abdulqodirxo’ja adabiy merosini 3 qismga: ishqiy she’rlar, qasida va marosimlar; taomlar tarixiga bag’ishlangan she’rlar; hajviyalarga bo’lish mumkin. Savdoning asarlari O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik instituti fondida saqlanadi. Ad.: Sadriddin Ayniy, Esdaliklar [8j.li], 6J., T., 1965; Qori Rahmatulloh Buxoriy [Vozeh], Tuhfat ulahbob Fi taz-kirat ulashob, Buxoro, 2001; Aliev S, Buxoroda bitilgan baytlar, T., 1992.