«SAVDOGAR»

«SAVDOGAR» — iqtisodiyot va savdo-tijorat haftalik gazetasi. 1992 yil 19 avgustdan Toshkent shahrida chiqadi. Muassislari «O’zbeksavdo» va «O’zbekbirlashuv» aktsiyadorlik kompaniyalari. Gazetada iqtisodiyot, ishlab chiqarish, savdo-tijorat, xizmat ko’rsatish, tadbirkorlik va boshqa mavzulari yoritiladi, reklama e’lonlari beriladi. Adadi 4 ming nusxadan ko’proq.