«SAVDOGAR»
«SAVDOGAR» — iqtisodiyot va savdo-tijorat haftalik gazetasi. 1992 yil 19 avgustdan Toshkent shahrida chiqadi. Muassislari «O’zbeksavdo» va «O’zbekbirlashuv» aktsiyadorlik kompaniyalari. Gazetada iqtisodiyot, ishlab chiqarish, savdo-tijorat, xizmat ko’rsatish, tadbirkorlik va boshqa mavzulari yoritiladi, reklama e’lonlari beriladi. Adadi 4 ming nusxadan ko’proq.
O‘xshash so‘zlar
- «Savdogarbank»
- «Sayqal»
- «Sayyodxon va Hamro»
- «Serveyer»
- «Sinxua»
- «Sirdaryo haqiqati»
- «SIYOSATNOMA»
- «Skayleb»

