Saxalin viloyati

Saxalin viloyati – RF tarki- bidagi viloyat. 1932 y. 20 okt.da tashkil qilingan. Rossiyaning eng chekka Sharqiy qismida joylashgan. Tarkibiga Saxalin o., Kuril, Moneron va Tyuleniy o.lari kiradi. Oxota va Yapon dengizlari b-n o’ralgan. Mayd. 87,1 ming km2. Aholisi 546,5 ming kishi (2002), asosan, ruslar (81,6%), shuningdek, ukrain, koreys, be- Lorus, tatar, mordva; shimol xalqlari — nivx, oroch, evenk va b. yashaydi. Shahar aholisi 85,7%. Markazi — Yujnosa- xalinsk sh. Boshqa yirik shaharlari: Xolmsk, Korsakov. Viloyat tarkibida 17 ma’muriy tuman, 18 shahar, 31 shaharcha bor. Hududining katta qismini Saxa- Lin o. egallaydi. Aniva, Terpenie qo’ltiklari, Shmidt, terpenie, Toni- noaniva, Krilin o.lari bor. Soxil bo’ylab G’arbiy Saxalin tog’lari (bal. 1330 m gacha, Onar tog’i) va Sharqiy sa- xalin tog’lari (eng baland joyi lopa- tin tog’i, 1609 m), shim.da shim. Saxalin tog’lari joylashgan. Foydali kazilma- lardan neft, gaz, toshko’mir, oltin va b. bor. Iklimi mo»tadil, mussonli iqlim. Yanv.ning o’rtacha t-rasi -6° dan (Jan. da) -24° gacha (shim.da), avg.niki 19° dan (janda) 10° gacha (shimda). Tog’larda yiliga 1200 mm gacha yopsh tushadi (tekis- liklarda 600 mm gacha). Asosiy daryolari — Tim va Poronay. Ko’l va botqrkdik ko’p. Tuproklari podzol, botqoq va allyu- Vial tuproqyaar. Tog’larda qoraqarag’ay, oqqarag’ay, tosh qayin, kedr, tilogoch o’sadi, shuningdek (Jan.g’arbida), Lia- nali keng bargli o’rmonlar (aktinidiya, Limonnik, uzum) uchraydi. Hayvonlardan ayiq, tulki, rosomaxa, Sibir suvsa- ri, Olmaxon, burunduq, shim. bug’usi; qushlardan kayra, toporka, qoravoylar va b. mavjud. Dengiz hayvonlaridan sivuch, dengaz mushugi; daryolarda losos balig’I bor. Poronay qo’riqxonasi tashkil qilingan (S.v. tarixi haqida Saxalin,  Kuril orollari maqolalariga q.). Sanoatining etakchi tarmog’i — baliq va dengiz hayvonlarini ovlash va dengiz mahsulotlarini qayta ishlash. O’rmon, yog’ochsozlik va tsellyulozaqog’oz, engil, oziq-ovqat, qurilish materiallari sano- ati korxonalari bor. Kumir («Saxalinu- gol»), neft va gaz qazib olinadi. Saxa- Lin issiqlik elektr st-yasi ishlab turib- Di. Asosiy sanoat markazlari: Yujno- Saxalinsk, Korsakov, Nevelsk, Xolmsk, Oxa, Uglegorsk, Shaxtyorsk sh.lari, No- gliki shaharchasi. S.v.da kartoshka, sabzavot, em-xashak ekinlari ekiladi. Go’shtsut chorvachili- gi, parrandachilik, darrandachilik; shim. da bug’uchilik rivojlangan. Dengiz port- lari: Korsakov, Xolmsk, Nevelsk, ugle- gorsk, Poronaysk, Aleksandrsk, Saxa- linsk va b. T.y. uzunligi 957 km, qattiq qoplamali avtomobil yo’llar uz. 1813 km (2002). Pedagogika inti, drama tea- tri, filarmoniya, o’lkashunoslik muzeyi ishlab turibdi. Sinegorsk mineral suvi (YujnoSaxalinsk sh.da), Goryachiy plyaj (Kunashir o.da) kurortlari bor.