Sayil

Sayil (arabcha sayr so’zidan)-yilning ma’lum fasllarida kishilarning ochiq maydonlar, soya-salqin joylarda to’planib, tomosha, istirohat qilishi. Sayillar odatda navro’z va diniy bayramlarda va yilning qulay paytlarida tashabbuskor kishilar tomonidan tashkil etilgan. Sayil shaharlarda, registon maydonlarida, chorus va rastalarda, shahar tashqarisidagi sayilgohlarda, shuningdek qadamjolarda o’tkazilib, bir hafta, ba’zan ikki oylargacha davom etgan. Ko’klamda o’tkaziladigan navro’z sayili, qovun pishgan chog’da poliz boshiga borib qovunxo’rlik qilinadigan qovun sayili, uzum pishganda boqqa borib uzumxo’rlik qilish, ya’ni uzum sayili va boshqa sayil turlari bor.