SFERIK TRIGONOMETRIYA
SFERIK TRIGONOMETRIYA — matematikaning sferik uchburchaklarning tomonlari bilan burchaklari orasidagi bog’lanishni o’rganuvchi bo’limi. Sferik trigonometriya tekislik trigonometriyasidan ancha oldin vujudga kelgan. To’g’ri burchakli sferik uchburchaklarni yechish bilan yunon matematiklaridan Menelay (1-asr) va Ptolemey (2-asr) shug’ullangan. Ixtiyoriy sferik uchburchaklarning asosiy formulalarini o’rta asr Sharqi olimlaridan Ibn Iroq va Abulvafo topgan. Sferik uchburchaklarni echishning barcha hollarini Nasriddin Tusiy o’rgangan.
O‘xshash so‘zlar
- Sfera
- SFERO…
- Sferolitlar
- Sferosomalar
- SFERIK UCHBURCHAK
- Sferik geometriya
- Sferik aberrasiya
- Sferik astronomiya











